Mourinyo Vinisius mojarosidan keyingi tanqidlarga javob berdi

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar ligasida «Real»ga qarshi o‘tgan shov-shuvli o‘yindan keyin keskin tanqidlar ostida qoldi. Mutaxassis klubni irqchilikda ayblashga qarshi chiqib, «Benfika» rasistik jamoa emasligini ta’kidladi, shuningdek, gol urgach provokatsion tarzda nishonlagani uchun Vinisius Juniorni ham tanqid qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv davomida Vinisius maydonda «Benfika» futbolchisi Janluka Prestiannini irqchilikda ayblagani aytilmoqda. Mazkur holat yuzasidan UEFA rasmiy surishtiruv boshladi.
Mourinyoni tanqid qilganlar orasida «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani ham bor. Mourinyo esa vaziyatga batafsil izoh berishdan bosh tortdi: «Men buni kommentariy qilmayman. Takrorlayman, bu hamma uchun qiyin bo‘ldi — qaysi darajada qiyinchilik bo‘lganini ochiqlamayman, ammo hamma uchun oson bo‘lmadi», — deya uning so‘zlarini O Jogo keltirdi.
«Real» va «Benfika» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!