UEFA Valverdeni jazolashdan bosh tortdi

UEFA Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde bo‘yicha “Benfika” tomoni kiritgan shikoyatni rad etdi. Bu haqda COPE xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi “Real”ga qarshi uchrashuvning 82-daqiqasida “Benfika” himoyachisi Samuyel Dal Valverdening zarbasidan so‘ng yiqilib, chakkasini ushlab qolgandi. Epizod natijasida Valverdega nisbatan hech qanday intizomiy chora qo‘llanmagan.
Shuningdek, avvalroq UEFA “burgutlar” futbolchisi Janluka Prestianni bo‘yicha dastlabki qarorni e’lon qilgan: u Vinisius Juniorga nisbatan irqchilik ruhidagi gaplar aytganlikda ayblanmoqda. Prestianni “kamsituvchi xatti-harakat” uchun Yevrokuboklarda kamida bitta o‘yinni o‘tkazib yuboradi, yakuniy jazo keyinroq belgilanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!