date

Raneri Italiya futboli inqirozining asosiy sabablarini aytdi

Raneri Italiya futboli inqirozining asosiy sabablarini aytdi

“Lester” bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan tajribali murabbiy Klaudio Raneri Italiya futbolini ortga tortayotgan omillar haqida gapirdi. So‘nggi yillarda A Seriya darajasi Yevropada eng yaxshisi bo‘lmasa, kamida uchinchi o‘ringa tushib qolgani tilga olinmoqda, ayrimlar esa uni top-5 ligalar ichida eng susti deb baholaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Raneri fikricha, muammo ikki yo‘nalishda: moliyaviy resurslar yetishmasligi va tizimli “avlodlar almashinuvi”ning yo‘qligi. “Angliya, Germaniya, Fransiya singari bizda ham katta, buyuk futbolchilar bo‘lgan. Hozir esa ular ko‘rinmayapti, bu terma jamoa natijalarida ham yaqqol seziladi”, — deya Ranerining so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi ketma-ket ikki bor Jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Raneri Italiya futboli inqirozining asosiy sabablarini aytdi