Raneri Italiya futbolining asosiy muammolarini aytib berdi

Angliya chempionligini “Lester” bilan qo‘lga kiritgan tajribali italiyalik murabbiy Klaudio Raneri Italiya futboli nega ortga ketayotganini izohladi. Bugun A Seriya Yevropada eng yaxshi holatda uchinchi daraja sifatida tilga olinmoqda, ayrimlar esa uni top-5 ligalar ichida eng sust chempionat deb ham baholaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Raneri fikricha, muammo ikki yo‘nalishda: moliyaviy imkoniyatlar yetishmasligi va barqaror “tsikl”ning yo‘qligi. “Bizda ham Angliya, Germaniya va Fransiyadagi kabi katta, buyuk futbolchilar bo‘lgan. Hozir esa ular kam, bu esa terma jamoa natijalarida ham yaqqol ko‘rinmoqda”, — deya Ranerining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi ketma-ket ikki bor jahon chempionatiga yo‘llanma ola olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!