Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduning nega dam olayotganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.
«Zich taqvim sababli Ronalduga va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda “Al-Fateh”ga qarshi muhim uchrashuv turibdi», — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu Ronalduning ilk bor Saudiyadan tashqarida o‘tayotgan o‘yinni o‘tkazib yuborishi emas — bunday holatlar avval ham kuzatilgan.
Saudiya chempionatida «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!