Raneri Italiya futboli inqirozining asosiy sabablarini aytdi

Italiyalik tajribali murabbiy Klaudio Raneri — "Lester" bilan Angliya chempionligini yutgan mutaxassis — A Seriyaning bugungi holati nega kutilgan darajada emasligini izohladi. So‘nggi yillarda Italiya chempionati Yevropada eng yaxshi holatda uchinchi o‘rin atrofida tilga olinmoqda, ayrimlar esa uni top-5 ligalar ichida eng susti deb ham baholayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Raneri fikricha, muammo ikki yo‘nalishda: moliyaviy resurslar yetishmasligi va futbol rivojida “tsikl”ning yo‘qligi. “Bizda ham Angliya, Germaniya, Fransiya kabi davrida katta, buyuk futbolchilar bo‘lgan. Hozir esa ularning avlodi ko‘rinmayapti va bu terma jamoa o‘yinlarida ham sezilyapti”, — deya Ranerining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi ketma-ket ikki bor jahon chempionatiga yo‘l ola olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!