Kavani hushtakbozlik ostida qoldi, Bokadagi kelajagi mavhum

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani «Boka Xuniors»ni tark etishi mumkin. Gap uning o'zi ketishni xohlayotganida emas — klub va muxlislar bosimi fonida «ixtiyoriy-majburan» yo'lga tushishi ehtimoli bor. So'nggi o'yinlarda Kavanining formasi va o'yini ko'ngildagidek emas, tribunalar esa buni tobora keskinroq qabul qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Navbatdagi uchrashuvda ham «Matador» almashtirilgan paytida maydonni hushtaklar ostida tark etdi. O'zgarish natija bermadi: «Boka» «Platense» darvozasini ishg'ol qila olmadi va bahs 0:0 hisobida yakunlandi. Endi Argentina OAV Kavanining shartnomasini uzaytirish borasidagi istiqbolni juda ehtiyotkorlik bilan baholamoqda. Ustiga ustak, klub paragvaylik Adam Bareyroni tarkibga qo'shib oldi va ko'pchilik aynan u 39 yoshli veteranini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!