Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisi bo'ldi

O'zbekiston terma jamoasi va "Istanbul Bashakshehir" hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng sermahsul futbolchi sifatida peshqadamlikni qo'lga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21 fevral holatiga ko'ra (Toshkent vaqti bilan) Shomurodov "gol+pas" tizimida 20 ochko jamg'ardi: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. U shu orqali turnir to'purarlar ro'yxatida ham birinchi o'rinda bormoqda.
"Galatasaray" yulduzlari bilan taqqoslanganda ham Eldor ancha oldinda: Mauro Ikardida barcha o'yinlarda 13 ta gol bor, Viktor Osimhenda esa milliy chempionat doirasida 9 ta gol qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, Shomurodov to'p tepayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilda Shimoliy Amerikada o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!