Fonseka Trampni tanqid qildi va mundialni AQShda o'tkazmaslikni aytdi

Donetsk "Shaxtyor"i hamda Italiyaning "Milan" klubini boshqargan murabbiy Paulo Fonseka yana siyosiy mavzudagi bayonoti bilan e'tibor markazida qoldi. U jahon chempionatini AQShda o'tkazish g'oyasiga qarshi chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fonsekaning fikricha, Donald Tramp yana AQSh prezidenti bo'lganidan keyin Yevropada mamlakatdagi jarayonlar borasida xavotir kuchaygan. Murabbiy aynan shu fonda mundial mezbonligi masalasini ham tanqid ostiga oldi.
"Amerika prezidentining pozitsiyasi shunday: eng himoyasizlarni e'tiborsiz qoldirib, faqat o'z manfaatini oldinga suradi. U odamlar haqida o'ylamaydi, faqat pulni o'ylaydi. Futbolning haqiqiy muxlislari va unga sodiq insonlar boshqa joyda, AQShda emas, bellashishi kerak", — deya Fonseka so'zlarini derbyderbyderby.it nashri keltirdi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!