Kavani muxlislar noroziligi ostida, Bokadagi kelajagi mavhum

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani «Boka Huniors»ni tark etishi mumkin — buning sababi uning o'zi emas, balki klub atrofidagi bosim bo'layotgani aytilmoqda. So'nggi o'yinlarda Kavani ko'rsatayotgan o'yin muxlislarni qoniqtirmayapti va tribunadan hushtakbozlik tobora ko'paymoqda. Navbatdagi bahsda u almashtirilgan paytda ham maydonni qattiq hushtaklar ostida tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Almashtirish esa vaziyatni o'zgartirmadi: «Boka» «Platense» darvozasini ishg'ol qila olmadi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Argentina OAV hozircha Kavani bilan shartnomani uzaytirish masalasiga ehtiyotkorona yondashmoqda. Qolaversa, klub paragvaylik Adam Bareyroni tarkibga qo'shib oldi va ko'pchilik aynan u 39 yoshli tajribali futbolchini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!