date

Karrager Dyo'kereshni jahon darajasidagi hujumchi deb bilmaydi

Karrager Dyo'kereshni jahon darajasidagi hujumchi deb bilmaydi

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi, hozirda teleekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Jeymi Karrager «Arsenal»ning shved markaziy hujumchisi Viktor Dyo'keresh haqida o'z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Karragerning ta'kidlashicha, u Dyo'kereshni jahon darajasidagi forvard deb hisoblamaydi va yaqin mavsumlar uchun «kanonirlar»ga eng to'g'ri tanlov sifatida ko'rmaydi. Shunga qaramay, u futbolchining ruhiy tayyorgarligi va o'ziga ishonchini yuqori baholadi: Dyo'keresh to'pni qabul qilib, vaziyatdan gol yasay oladigan futbolchi ekani, hatto ayrim jihatlarda Alan Shirerga o'xshashligi qayd etildi.

Joriy mavsumda skandinaviyalik hujumchi 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. U «Arsenal» tarkibida «gol+pas» ko'rsatkichi bo'yicha eng yaxshi natijaga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karrager Dyo'kereshni jahon darajasidagi hujumchi deb bilmaydi