Kavani hushtakbozlik ostida qoldi, Bokadagi kelajagi mavhum

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani “Boka Huniors”ni tark etishi mumkin. Biroq bu qaror uning xohishidan ko‘ra, klub va muxlislar bosimi bilan “majburiy” tus olishi ehtimoli kuchaymoqda. So‘nggi o‘yinlarda uning harakatlari tribunalarni qoniqtirmayapti va hushtaklar tobora ko‘paymoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Navbatdagi holat Kavanining almashtirilishi paytida kuzatildi: “Matador” maydonni tark etarkan, muxlislar uni qattiq hushtakbozlik bilan kuzatib qo‘ydi. Biroq o‘zgarish ham vaziyatni o‘zgartirmadi — “Boka” “Platense” darvozasini ishg‘ol qila olmadi va bahs 0:0 hisobida yakunlandi.
Shundan so‘ng argentinalik OAV Kavanining shartnomasini uzaytirish masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Ustiga ustak, klub paragaylik hujumchi Adam Bareyroni sotib oldi va ko‘pchilik u 39 yoshli tajribali futbolchini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!