date

Fonseka JCHni AQShda o'tkazishga qarshi chiqdi

Fonseka JCHni AQShda o'tkazishga qarshi chiqdi

Donetsk "Shaxtyor"i va "Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Paulo Fonseka yana siyosiy mavzuga to'xtaldi. U futbol bo'yicha jahon chempionatini AQShda o'tkazish g'oyasini tanqid qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fonseka fikricha, Donald Trampning pozitsiyasi eng zaif qatlamlarni e'tiborsiz qoldirib, avvalo shaxsiy manfaatni ilgari surishga qaratilgan. Murabbiy Tramp odamlar haqida emas, faqat pul haqida o'ylaydi, deb hisoblaydi.

"Haqiqiy muxlislar va futbolga sodiq odamlar musobaqalashishi kerak bo'lgan joy AQSh emas", — deya Fonsekaning so'zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fonseka JCHni AQShda o'tkazishga qarshi chiqdi