Yuventus Ueston Makkennini tarkibda olib qolishga yaqin

Amerikalik yarim himoyachi Ueston Makkenni Turinning «Yuventus» klubi bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, tomonlar muzokaralarni yakunlab, kelishuvning barcha bandlari bo'yicha to'liq kelishib olgan. Rasmiy e'lon yaqin vaqt ichida berilishi kutilmoqda.
Makkennining «qari sinyora» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Futbolchining transfer narxi 22 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Ueston «Yuventus» safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 7 ta golli pas muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing