Alessandro Matri Milan o'yin oxirida shoshilishini tanqid qildi

“Milan”ning sobiq futbolchisi Alessandro Matri klubning hozirgi muammolari haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, jamoa o'yin yakuniga yaqinlashgan sari ortiqcha shoshqaloqlikka berilib ketadi va bu tartibli harakatlarni buzadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Matri fikricha, aynan shu asabiylik “Parma”ga qarshi uchrashuvda 80-daqiqada gol o'tkazib yuborilgach, “Milan”ning to'g'ri bosim uyushtirishiga halaqit bergan. Natijada hujumlar rejasiz, harakatlar esa shoshma-shosharlik bilan ketib, xatolar soni ko'paygan.
“Muammo — o'yinning so'nggi daqiqalarida paydo bo'ladigan suetada. Futbolchilar o'rgangan narsalarini unutadi, darvozaga borish yo'llari ham xiralashadi. Harakatlar tartibsizlashadi, shoshilish kuchayadi va brak ko'payadi. Bu, avvalo, mental muammo”, — deya Matri so'zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o'tamiz, Alessandro Matri 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!