Bavariya Lennart Karlning maoshini to'rt barobar oshirmoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachi Lennart Karlni jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sky Sports xabariga ko'ra, klub yaqin vaqt ichida 18 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Germaniya chempionlari Karlga mavsumiga 8 million yevro maosh taklif etmoqchi, hozir esa u yiliga 2 million yevro oladi.
Lennart Karl «Bavariya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi kelishuvi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 31 uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol urdi va 4 assist qayd etdi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing