Bavariya Lennart Karl maoshini to'rt baravar oshirmoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachi Lennart Karlni jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sky Sports xabariga ko'ra, klub yaqin vaqt ichida 18 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Germaniya chempioni Karlning mavsumlik maoshini 8 million yevrogacha ko'tarishga tayyor, hozirda u yiliga 2 million yevro oladi.
Lennart Karl «Bavariya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 31 o'yinda maydonga tushib, 7 gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Karlni 60 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing