Buffon Inter hujumchisi Espozito haqida iliq fikr bildirdi

Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon «Inter»ning yosh hujumchisi Franchesko Pio Espozito haqida gapirib, uning salohiyati ko‘pchilik kutganidan ham yuqori ekanini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«U sizning barcha kutganingizdan ham oshib tushadi. Agar men “Inter”da bo‘lganimda, tavakkal qilib, unga ishonch bildirardim. U alohida yigit — o‘ta kamtar, haqiqiy professional», — deya Buffonning so‘zlarini Nerazzurri Society keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Espozito «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Joriy mavsumda 20 yoshli forvard barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Espozitoning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!