Bavariya Lennart Karlning maoshini to'rt baravar oshirmoqchi

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachi Lennart Karlni jamoada saqlab qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sky Sports xabariga ko'ra, bundesliga amaldagi chempioni yaqin kunlarda 18 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Klub Karlning mavsumlik maoshini 8 million yevrogacha ko'tarishga tayyor, hozirda u yiliga 2 million yevro oladi.
Lennart Karl “Bavariya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi bitimi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 31 uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol urdi va 4 assist qayd etdi. Transfermarkt portali Karlni 60 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing