Buffon Inter hujumchisi Espozitoni yuqori baholadi

Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon «Inter» hujumchisi Franchesko Pio Espozito haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Buffonning aytishicha, yosh forvard ko‘pchilik kutganidan ham ortiq natija ko‘rsatishi mumkin. «U sizning barcha kutganlaringizdan ham oshib tushadi. Agar men «Inter»da bo‘lganimda, tavakkal qilib unga ishonch bildirardim. U — alohida iqtidor egasi, kamtarligi nihoyatda kuchli bo‘lgan haqiqiy professional», — deya Buffonning so‘zlarini Nerazzurri Society keltiradi.
Espozito «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda 20 yoshli hujumchi barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 7 ta gol urdi va 6 ta assist qayd etdi.
Futbolchining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!