Bavariya Lennart Karlning maoshini to'rt barobar oshirmoqchi

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachi Lennart Karlni jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sky Sports xabariga ko'ra, yaqin vaqt ichida klub 18 yoshli futbolchiga yangi shartnoma shartlarini taklif qilmoqchi. Germaniya chempioni Karlga mavsumiga 8 million yevro maosh berishga tayyor. Hozir futbolchi yiliga 2 million yevro ishlab topmoqda.
Lennart Karl "Bavariya" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi bitimi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushib, 7 gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Karlning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing