Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Argentina klubi «River Pleyt» bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoani tark etishga qaror qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida e'lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Galyardo mamlakat chempionati doirasida «Banfil'd»ga qarshi 26 fevral kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvdan so'ng lavozimini topshiradi. Mutaxassisning ixtiyoriy iste'fosi jamoaning so'nggi natijalari qoniqarsiz ekani bilan bog'liq: hozir «River Pleyt» turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.
Galyardo murabbiylik faoliyati davomida «River Pleyt»ni ikki marta boshqargan. 2014–2022 yillar oralig'ida u klub bilan 14 ta sovrinni qo'lga kiritib, Argentina chempionligi hamda Libertadores kubogidagi ikki g'alabani ham nishonlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing