Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi

Lionel Messi faoliyatining bir davrida milliy maydonda Argentina emas, Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilish ehtimoli bo'lganini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hujumchining aytishicha, u allaqachon "Barselona"da to'p surayotgan paytda bu borada takliflar va ishoralar bo'lgan. Messi yoshligida Barselonaga ko'chib kelgani, tayyorgarlikning katta qismini klub akademiyasida o'tagani uchun bunday variant real ko'ringanini ta'kidladi.
Shunga qaramay, futbolchi tanlovini o'zgartirmagan: uning yuragi doimo Argentina bilan bo'lganini aytdi. Messi 2022 yilda Argentina terma jamoasi safida jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing