date

Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi

Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi

Hujumchi Lionel Messi milliy jamoa darajasida Argentina emas, Ispaniya terma jamoasi safida ham maydonga tushish ehtimoli bo'lganini aytib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messining so'zlariga ko'ra, u "Barselona"da to'p sura boshlagan davrda bu variant muhokama qilingan va unga bunday qadam tashlash bo'yicha ishoralar ham berilgan. Futbolchi erta yoshida Barselonaga ko'chib kelgani, tayyorgarlikning katta qismini klub akademiyasida o'tagani sababli bunday imkoniyat haqiqatdan ham mavjud bo'lgan.

Shunga qaramay, Messi tanlovini Argentinadan chetga burmadi: uning aytishicha, yuragi doimo Argentina bilan bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2022 yilda Argentina terma jamoasi bilan birga jahon chempionligini qo'lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi