Messi Ispaniya terma jamoasida o'ynashi ham mumkin edi

Lionel Messi milliy jamoa darajasida faqat Argentina emas, balki Ispaniya terma jamoasi safida ham maydonga tushish ehtimoli bo'lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hujumchining so'zlariga ko'ra, u “Barselona”da o'ynay boshlagan paytda bunday variant muhokama qilingan va unga ishora ham qilingan. Messi yoshligida Barselonaga ko'chib o'tgani, tayyorgarlikning katta qismini klub akademiyasida o'tagani sababli bu yo'l real bo'lganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, futbolchi tanlovini o'zgartirmaganini bildirib, yuragi doimo Argentina bilan bo'lganini qo'shimcha qildi. Eslatib o'tamiz, Messi 2022 yilda Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing