date

Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi

Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi

Lionel Messi bir paytlar milliy jamoa darajasida Argentina emas, Ispaniya terma jamoasi safida maydonga tushish ehtimoli bo'lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hujumchi Miro De Atras dasturida so'zlar ekan, "Barselona"da to'p surayotgan davrida unga shunday variant borligi ishora qilinganini, hatto bu ko'p futbolchilarda uchraydigan odatiy holat ekani ta'kidlanganini eslab o'tdi. Messi Argentinada tug'ilgan bo'lsa-da, juda erta Barselonaga ko'chib kelgani va futbolchilik tayyorgarligining asosiy qismini klub akademiyasida olgani sababli bu imkoniyat real bo'lgan.

Shunga qaramay, Messi tanlovini o'zgartirmaganini bildirib, qalbi har doim Argentina bilan bo'lganini urg'uladi.

Eslatib o'tamiz, Messi 2022 yilda Argentina terma jamoasi bilan birga jahon chempionligini qo'lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi