date

Real yozda Gregor Kobelni tarkibiga qo'shishni xohlaydi

Real yozda Gregor Kobelni tarkibiga qo'shishni xohlaydi

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida darvozabonlar chizigini kuchaytirish niyatida va yangi golkiper olib kelish ustida ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Xorxe Pikon xabariga ko'ra, «qirollik klubi» Dortmundning «Borussiya»si posboni Gregor Kobel variantini jiddiy ko'rib chiqyapti. Shveysariyalik darvozabon «Real»ning ushbu pozitsiyadagi asosiy maqsadi sifatida ko'rsatilmoqda.

Kobel 2021 yilda «Shtutgart»dan «Borussiya»ga 15 million yevro evaziga o'tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 36 o'yinda maydonga tushib, 45 ta gol o'tkazib yubordi, 14 uchrashuvda esa darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt portali Kobelning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real yozda Gregor Kobelni tarkibiga qo'shishni xohlaydi