date

Real yozda Gregor Kobelni o'z safiga qo'shmoqchi

Real yozda Gregor Kobelni o'z safiga qo'shmoqchi

Madridning «Real» klubi yozgi transferlar oynasida darvozabonlar chizig'ini kuchaytirish uchun yangi golkiper olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Xorxe Pikon bergan ma'lumotga ko'ra, «qirollik klubi» Dortmundning «Borussiya» jamoasi posboni Gregor Kobel variantini ko'rib chiqyapti. Shveysariyalik darvozabon «Real» uchun ushbu pozitsiyada asosiy nishon sifatida ko'rsatilgan.

Kobel 2021 yilda «Shtutgart»dan Dortmund klubiga 15 million yevro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 36 uchrashuvda maydonga tushib, 45 ta gol o'tkazib yubordi va 14 o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali Kobelning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real yozda Gregor Kobelni o'z safiga qo'shmoqchi