Al-Hilol Indzagini ishdan bo'shatishi mumkin, u esa xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali biror marta mag'lub bo'lmadi, biroq so'nggi duranglar seriyasi jamoani turnir jadvalida uchinchi o'ringa tushirib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Repubblica xabariga ko'ra, shu fonда Saudiya Arabistonida Simone Indzagini bosh murabbiylikdan chetlatish ehtimoli haqida gap-so'zlar kuchaygan. Ta'kidlanishicha, italiyalik mutaxassisga «Al-Hilol» muxlislarining bir qismi ham qarshi chiqmoqda.
Biroq Indzagining o'zi vaziyatga xotirjam va ishonch bilan yondashmoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan bo'lib, muddatidan oldin bekor qilinganda katta kompensatsiya ham nazarda tutilgan.
Simone Indzagi hozirda dunyodagi eng ko'p maosh oladigan murabbiylar ro'yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning yillik maoshi 26 million yevroni tashkil qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!