date

Finalissima uchrashuvi uchun barcha chipta bir zumda sotildi

Finalissima uchrashuvi uchun barcha chipta bir zumda sotildi

Bir oy o‘tib, 27 mart kuni Ispaniya va Argentina terma jamoalari “Finalissima”da — Yevropa chempioni hamda jahon chempioni o‘rtasidagi superfinalda maydonga tushadi. Bellashuv Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv uchun sotuvga qo‘yilgan 88 966 ta chipta atigi bir necha soat ichida tugadi. Lionel Messi va Lamin Yamal to‘qnashuvi muxlislar orasida juda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘yin o‘tkaziladigan arena Argentina JCh finalida fransuzlar ustidan g‘alaba qozongan aynan o‘sha stadion hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, yozda navbatdagi jahon chempionati start oladi: turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi. Musobaqada ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Finalissima uchrashuvi uchun barcha chipta bir zumda sotildi