Kompani Dortmundga qarshi kuchli tarkib tuzish mumkinligini aytdi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani Dortmundning «Borussiya»siga qarshi muhim uchrashuv oldidan jamoaning tarkib borasidagi vaziyatga to'xtaldi. Avvalroq nemis grandi bir qator yo'qotishlarga uchragan: Manuel Noyer, Olise, Pavlovich, Ito va Kim Min Jae safdan chiqqani xabar qilingandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompani jurnalistlar bilan suhbatda matbuot anjumanidan so'ng tibbiy shtab bilan alohida yig'ilish bo'lishini, futbolchilarning holati bo'yicha eng so'nggi ma'lumotlarni shu yerda olishini aytdi. Mutaxassisning ta'kidlashicha, hozircha vaziyat ijobiy ko'rinmoqda, biroq ayrim o'yinchilar «Borussiya»ga qarshi bahsni boshlang'ich tarkibda boshlamasligi mumkin. Shunga qaramay, «Bavariya» maydonga juda kuchli tarkib tushirish imkoniga ega.
«Borussiya» — «Bavariya» uchrashuvi shanba kuni, 28-fevralda bo'lib o'tadi. Bundesliganing 24-tur o'yini 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
Shuningdek, Kompani avvalroq Manuel Noyerning bo'lajak bellashuvda maydonga tushishi ehtimoli haqida ham fikr bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!