date

Kompani Bavariya Borussiya bilan o'yinga kuchli tarkib tushiradi

Kompani Bavariya Borussiya bilan o'yinga kuchli tarkib tushiradi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Dortmundning "Borussiya"siga qarshi muhim uchrashuv oldidan jamoa tarkibidagi vaziyat haqida gapirdi. Myunxen klubi avvalroq Manuel Noyer, Olise, Pavlovich, Ito va Kim Min Je kabi futbolchilarni yo'qotgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kompani aytishicha, matbuot anjumanidan keyin tibbiy shtab bilan yig'ilish o'tkaziladi va u futbolchilarning holati bo'yicha eng so'nggi ma'lumotlarni oladi. Murabbiy hozircha vaziyat ijobiy ekanini, biroq hamma ham "Borussiya"ga qarshi o'yinda ilk daqiqalardan maydonga tushmasligi mumkinligini ta'kidladi. Shunga qaramay, "Bavariya" juda kuchli tarkib bilan maydonga chiqish imkoniga ega.

"Borussiya" — "Bavariya" uchrashuvi shanba kuni, 28 fevralda bo'lib o'tadi. Germaniya chempionatining 24-tur bahsi 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Shuningdek, avvalroq mutaxassis Manuel Noyerning ushbu o'yinda ishtirok etishi ehtimoli haqida ham fikr bildirgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Bavariya Borussiya bilan o'yinga kuchli tarkib tushiradi