Rossiya terma jamoasining mart oyidagi ikkinchi raqibi ma’lum

Mart oyida Rossiya terma jamoasi ikki nazorat uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Avvalroq Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa Krasnodarda Nikaragua bilan maydonga tushishi ma’lum qilingandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rossiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 31 mart kuni BetBoom o‘yini doirasida Rossiya Maliga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Sankt-Peterburgda o‘tkaziladi va boshlanishi 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi FIFA reytingida 36-o‘rinda. Bo‘lajak raqib Mali esa 54-pog‘onada joylashgan. Ularning atrofida Peru va Chili bor — Karpin shogirdlari o‘tgan yil noyabrida aynan shu jamoalarga qarshi o‘ynagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing