date

Ribeyruning poshna zarbasi Augsburgga g'alaba keltirdi

Ribeyruning poshna zarbasi Augsburgga g'alaba keltirdi

Germaniya Bundesligasining 24-turi start uchrashuvida formasi ko'tarilgan «Augsburg» o'z maydonida «Kyo'ln»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yin keskin vaziyatlarga boy bo'lmadi, shunga qaramay birinchi bo'lib mehmonlar hisobni ochib ketishi mumkin edi: burchak zarbasidan keyin Erik Martel boshi bilan yo'llagan to'p to'singa tegdi.

55-daqiqada Noakay Benks jarima maydoniga uzatmani yetkazib berdi va Rodrigo Ribeyru poshna bilan juda chiroyli zarba yo'llab, nafaqat gol urdi, balki o'yinning taqdirini ham hal qildi — 1:0.

Qo'shib berilgan vaqtning 6-daqiqasida «Augsburg» qarshi hujumni yakunlab, hisobni yiriklashtirdi: Aleksis Klod-Moris ikkinchi golni urdi — 2:0.

Ushbu natijadan so'ng «Augsburg» turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda, «Kyo'ln» esa 12-pog'onada qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ribeyruning poshna zarbasi Augsburgga g'alaba keltirdi