date

Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat nihoyatda ogirligini aytdi

Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat nihoyatda ogirligini aytdi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi raqobat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Shaharliklar” 1/8 final bosqichida yana Madridning “Real” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

“Chempionlar ligasi juda murakkab. Istalgan jamoani ayting — har birining kuchli tomoni bor. Bu musobaqada uzoqqa borishni istasangiz, eng kuchlilarni yengishingiz kerak. Aks holda, bunga loyiq emassiz”, — dedi ispan mutaxassisi matbuot anjumanida.

O'tgan mavsumda “Manchester Siti” eng nufuzli Yevrokubokdagi ishtirokini aynan “Real”ga yutqazib yakunlagan, to'qnashuv pley-offning saralash bosqichidayoq ro'y bergandi. Joriy mavsumda jamoalar umumiy bosqichda ham uchrashib, o'shanda ingliz grandi 2:1 hisobida ustun kelgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat nihoyatda ogirligini aytdi