Al-Hilolda Indzagi isteʼfosi haqida gaplar kuchaydi, u esa hotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hozircha mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti, biroq so‘nggi duranglar seriyasi jamoani turnir jadvalida uchinchi pog‘onaga tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko‘ra, shu fon’da bosh murabbiy Simone Indzagi bilan xayrlashish ehtimoli haqida mish-mishlar tarqala boshlagan. Qayd etilishicha, bu masalada «Al-Hilol» muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Indzagining o‘zi vaziyatga sovuqqon yondashmoqda: uning shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdordagi kompensatsiya ko‘zda tutilgan.
Simone Indzagi maosh borasida dunyodagi eng yuqori to‘lanadigan murabbiylar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turadi. Uning yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi, ro‘yxatda undan yuqorida faqat Diego Simeone bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!