Al-Hilol muxlislari Indzagini iste’foga chaqirmoqda, u xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hanuz biror marta mag‘lub bo‘lgani yo‘q, biroq so‘nggi paytdagi bir nechta durang natijalar jamoani turnir jadvalida uchinchi o‘ringa tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko‘ra, mamlakatda Simone Indzagining bosh murabbiylikdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar kuchaygan, «Al-Hilol» muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga sokin yondashmoqda: uning shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdordagi kompensatsiya ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Simone Indzagi dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar ro‘yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!