Bayer oxirgi daqiqalarda gol urib Mainzdan qutulib qoldi

Bundesliganing 24-turida Leverkuzenning «Bayer» jamoasi «Mainz»ni qabul qildi. Mezbonlar to‘p nazoratida ustunroq ko‘ringan bo‘lsa-da, o‘yinda yaqqol tashabbusni qo‘lga kirita olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Bayer»ning ilk jiddiy vaziyati faqat ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga borib yuzaga keldi: Patrik Shikning zarbasida darvozabon o‘z mahoratini namoyish etdi. Oradan ko‘p o‘tmay, «Mainz» tezkor qarshi hujum uyushtirdi va Paul Nebel uzatmasini Sheraldo Beker bir teginishda darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi — 0:1.
Mag‘lubiyatga yaqin kelgan leverkuzenliklar 88-daqiqada qutulib qoldi: Kristian Kofane uzatmasidan so‘ng Jarrell Kuansa hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Durangdan keyin «Bayer» turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda, «Mainz» esa quyi pog‘onalarda — oxiridan beshinchi o‘rinda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!