Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat nihoyatda kuchli ekanini aytdi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi raqobat va bu turnirning qanchalik murakkabligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Shaharliklar” 1/8 final bosqichida yana Madridning “Real” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida Chempionlar ligasida oson raqib bo‘lmasligini ta’kidladi: “Bu turnir juda qiyin. Qaysi jamoani aytmang — har birining o‘z kuchli tomoni bor. Agar uzoqqa borishni istasang, eng kuchlilarni yutishing shart. Aks holda, bunga shunchaki loyiq emassan”, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Manchester Siti” eng nufuzli Yevropa turniridan aynan “Real”ga qarshi o‘yinda, pley-offning saralash raundidayoq chiqib ketgandi. Joriy kampaniyada esa jamoalar umumiy bosqichda to‘qnash kelib, unda ingliz klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!