Bavariya Manuel Neuerning jarohati yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Bavariya darvozaboni Manuel Neuer Bundesliganing Kyolnga qarshi o‘yinida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Klub tibbiy bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida futbolchining chap boldir mushaklarida muammo borligi aniqlandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Manuel Neuerning o‘zi ham bu holatni tasdiqlab, xavfni oldini olish maqsadida o‘yinni erta yakunlashga qaror qilganini ta’kidladi. Hozircha tajribali darvozabonning safga qaytish muddati va kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan Germaniya kubogi finalida ishtirok etishi noma’lumligicha qolmoqda.
Joriy mavsumda Neuer boldir mushaklaridagi jarohatlar tufayli bir necha bor maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Bu holat uning kelajakdagi xalqaro turnirlardagi ishtiroki borasida turli savollarni yuzaga keltirmoqda.
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Julian Nagelsmann vaziyat bo‘yicha aniq izoh berishdan tiyildi. Mutaxassislar 40 yoshli sardorning jismoniy holati tiklanishiga umid qilishmoqda, biroq uning doimiy jarohatlari murabbiylar shtabini xavotirga solishi tabiiy.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!