date

Koinotda hayot asosi bo‘lgan aminokislotaning «egizagi» topildi

Koinotda hayot asosi bo‘lgan aminokislotaning «egizagi» topildi

Xalqaro tadqiqotchilar guruhi yosh yulduzlar tizimining markazida hayot uchun muhim bo‘lgan glitsin aminokislotasining izomeri — metilkarbamatni aniqladi. Bu kashfiyot koinotda hayot manbalarini izlashda yangi bosqichni boshlab berdi, chunki glitsinning o‘zini kosmosda topish o‘nlab yillar davomida muammoli bo‘lib kelgan edi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tadqiqot Xitoy, Germaniya va Fransiya olimlari tomonidan ALMA radioteleskoplar majmuasi yordamida amalga oshirildi. G358.93-0.03 MM1 deb nomlangan ulkan yulduzlar beshigida o‘tkazilgan kuzatuvlar davomida metilkarbamatning 10 ta mustaqil radiomarkerlari qayd etildi. Bu modda glitsin bilan bir xil atomlar to‘plamiga ega bo‘lsa-da, ularning tuzilishi turlicha.

Olimlar ushbu moddaning kutilganidan ko‘proq miqdorda topilganini ilmiy sensatsiya deb atashmoqda. Bu holat kimyodagi «minimal energiya prinsipi»ga zid keladi va koinotdagi kimyoviy jarayonlar avval o‘ylanganidan murakkabroq ekanini ko‘rsatadi. Metilkarbamatning sintezi kosmik chang zarralari yuzasidagi muz qatlamlarida sodir bo‘lishi aniqlandi.

Ushbu kashfiyot nafaqat glitsin izlash uchun yangi «yo‘l xaritasi»ni yaratadi, balki yulduzlararo muhitda murakkab organik birikmalar qanday shakllanishini tushunishga yordam beradi. Kelgusida boshqa molekulyar bulutlarda o‘tkaziladigan kuzatuvlar koinotdagi termodinamik muvozanat haqidagi tasavvurlarimizni tubdan o‘zgartirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Koinotda hayot asosi bo‘lgan aminokislotaning «egizagi» topildi