date

LightInk: bir yilda bir marta quvvatlanadigan DIY aqlli soati

LightInk: bir yilda bir marta quvvatlanadigan DIY aqlli soati

Texnologiya ixlosmandlari LightInk nomli gʻayrioddiy aqlli soatni taqdim etishdi. Ushbu qurilma quyosh panellari yordamida quvvatlanadi va atigi 100 mA·soat sigʻimli batareya bilan 10 oygacha uzluksiz ishlash imkoniyatiga ega. Garmin kabi tijoriy modellardan farqli oʻlaroq, bu yerda quyosh moduli ekran ostida yashirin emas, balki ochiq va yaqqol koʻrinib turadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

LightInk tayyor mahsulot emas, balki DIY (oʻzing yasab ol) loyihasidir. Uni doʻkondan xarid qilib boʻlmaydi: qurilmani yigʻish uchun foydalanuvchi bosma platalarni buyurtma qilishi, 3D-printerdan foydalanishi va payvandlash ishlarini bajarishi kerak. Shu sababli, loyiha asosan tajribali muhandislar va texnologiya ishqibozlari uchun moʻljallangan.

Qurilma funksionallik jihatidan ham zamonaviy aqlli soatlardan ajralib turadi. U quyosh nurida ham bemalol oʻqiladigan E Ink displeyi va qorongʻu vaqt uchun yoritish tizimi bilan jihozlangan. Shuningdek, soat uzoq masofali aloqa uchun LoRa texnologiyasi, GPS moduli va dinamikga ega.

Energiya sarfini tejash maqsadida ishlab chiquvchilar akselerometrdan voz kechishgan. Hozirgi bosqichda LightInk uchun maxsus mobil ilova mavjud emas, biroq qurilmaning oʻziga xos arxitekturasi uni ochiq kodli loyihalar orasida qiziqarli yechimga aylantiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » LightInk: bir yilda bir marta quvvatlanadigan DIY aqlli soati