19:21 / 09.12.2017
4 985

UzReport La Liga o‘yini o‘rniga Sardor Rashidov jamoasining Jahon Chempionatidagi o‘yinini ko‘rsatadi

UzReport La Liga o‘yini o‘rniga Sardor Rashidov jamoasining Jahon Chempionatidagi o‘yinini ko‘rsatadi
UzReport telekanali o‘zining 9 dekabr kungi dasturiga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Avvalroq UzReport klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatidan o‘rin olgan hamda Ravshan Ermatov boshqarib boradigan «Pachuka» (Meksika) — «Vidad Kasablanka» (Marokash) o‘yinini 18:00 dan boshlab ko‘rsatishni rejalashtirgandi. Ma’lumki, musobaqaning chorak finalidan joy olgan ikkinchi o‘yin — «Al-Jazira» (BAA) — «Urava Red» (Yaponiya) ham bugun bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 ga tayin qilingan.

Rejaga ko‘ra, Futbol-TV kanali 22:30 dan boshlab Ispaniya La Ligasi 15-turidan joy olgan «Deportivo» — «Leganes» o‘yinini olib berishi kerak edi. Mazkur uchrashuvning namoyish etilishi klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining translyatsiya huquqi qo‘lga kiritilguniga qadar rejada bo‘lgan.

Telekanal manbasining qayd etishicha, futbol muxlislari mazkur bellashuv o‘rnida o‘zbekistonlik Sardor Rashidov to‘p suradigan «Al-Jazira» ishtirokidagi uchrashuv translyatsiyasini so‘rab, murojaat qilgan. UzReport bu taklifni o‘rganib chiqib, La Liga 15-turidagi o‘yin o‘rniga, «Al-Jazira» — «Urava Red»ni namoyish qilishga qaror qilgan va «Deportivo» ishtirokidagi o‘yinni rejadan o‘chirgan.

Amirlik klubi mazkur bellashuvda zafar quchsa, Jahon Chempionatining yarim finalida Madridning «Real» klubiga raqiblik qiladi. O‘z navbatida «Real» La Liganing mazkur turida «Sevilya»ni qabul qiladi. Uchrashuv 20:15 dan boshlab UzReport kanalida ko‘rsatiladi. «Al-Jazira» ishtirokidagi o‘yin esa Futbol-TV kanalida qo‘yiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UzReport La Liga o‘yini o‘rniga Sardor Rashidov jamoasining Jahon Chempionatidagi o‘yinini ko‘rsatadi