09:20 / 20.01.2018
5 172

“Nasaf”ga Serbiyadan zo‘r legioner himoyachi keladi (foto)

“Nasaf”ga Serbiyadan zo‘r legioner himoyachi keladi (foto)
Qarshining “Nasaf” klubi yangi mavsum oldidan o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, serbiyalik Slavko Lukich faoliyatini qarshiliklar safida boshlashga yaqin turibdi. U so‘nggi yillarda Slovakiyaning "Spartak Trnava" jamoasida to‘p tepib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli himoyachi o‘z vaqtida Serbiya U-19 va Serbiya U-21 termalarida o‘ynagan. U asosan o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida to‘p suradi. Kerak vaqtlarda esa markaziy himoyada ham o‘ynay oladi.

Qayd etish joiz, ilgariroq, Tojikiston terma jamoasi a’zosi – Jahongir Aliyev “Nasaf”ga o‘tgani borasida xabarlar tarqalgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf”ga Serbiyadan zo‘r legioner himoyachi keladi (foto)