17:05 / 24.01.2018
4 581

Pakyaoga qarshi ringga chiqishi kutilayotgan bokschimiz raqibini mag‘lub qilish sirini aytdi

Pakyaoga qarshi ringga chiqishi kutilayotgan bokschimiz raqibini mag‘lub qilish sirini aytdi
Yengilmas professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov (13-0-0, KO9) o‘zining navbatdagi jangini 24 fevral kuni AQShda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Hozircha bokschimizga ushbu jangda kim raqiblik qilishi noma’lum bo‘lib turibdi.

Avvalroq bokschimizning keyingi raqibi sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao (59-7-2, 38 KO) bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki taxminlarga ko‘ra, filippinlik bokschi bo‘lajak jangini joriy yilning aprel oyida o‘tkazishni rejalashtirgan. Ayni damda Pakyao faoliyatidagi so‘nggi janglardan biriga raqib qidirmoqda. Top Rank promouterlik kompaniyasi boshlig‘i Bob Arumning so‘zlariga ko‘ra nomzodlar orasida ukrainalik chempion Vasiliy Lomachenko (10-1, 8 KO) yetakchi bo‘lib turibdi. Ammo bu hali tasdiqlanganicha yo‘q.

Nomzodlar orasida hamyurtimiz ham bor. Bokschimiz ham buni tasdiqlab, bu haqda shunday fikr bildirdi:
– Biz hozircha keyingi jangimni 24 fevral kuni AQShda o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. Raqib hozircha noma’lum.

– Pakyaoga keladigan bo‘lsak, ochig‘i buni umuman kutmagan edim. Sababi Menni Pakyao professional boks olamida o‘ta nomdor va sakkiz vazn toifasining sobiq chempioni hisoblanadi. U juda tajribali bokschi. U navbatdagi jangini menga qarshi o‘tkazishi ham mumkin. Uni yutish imkonsiz emas. Uning yoshi ancha katta. Bu sportda tez charchashga sabab bo‘ladi. Aynan shu menga g‘alaba qozonishda katta imkoniyat taqdim etishi mumkin. Bu oson bo‘lmaydi. Umuman voqealar rivoji qanday bo‘lishini keyinroq bilamiz, – deydi bokschimiz SPORTS.uz internet portaliga.

Qudratillo Abduqahhorov so‘ngi jangini o‘tgan yilning 18 noyabrida tajribali Sherzod Olimjonovga qarshi o‘tkazib, raqibini texnik nokautga uchratgan edi. U ayni damda WBC Silver, “WBC Asian Boxing Council Silver” va “World Boxing Foundation International” chempionlik kamarlariga egalik qilib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pakyaoga qarshi ringga chiqishi kutilayotgan bokschimiz raqibini mag‘lub qilish sirini aytdi