Foto: O‘FA matbuot xizmati
Biroz avval O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan Latviya chempioni — Yurmalaning «Spartak» boshqaruvini o‘z qo‘liga olgani haqida xabar berilgan edi.
Yodingizda bo‘lsa, shu yilning 15 yanvar kuni O‘FF ijroqo‘mi Samvel Babayanning 2018 yilgi jahon chempionatining saralash o‘yinlari davomida tartib-intizomni yo‘lga qo‘ymagani, futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilmagani va ularni o‘z holiga tashlab qo‘ygani, ishiga mas’uliyatsizlarcha yondashib, o‘zbek futbolining yuzi bo‘lgan milliy jamoa darajasini tushirib yuborganini ham inobatga olib, uning bu kabi noxolis faoliyati millionlar o‘yini bo‘lgan futbolga nisbatan xalqning noroziligiga sabab bo‘lgani uchun butun umrga futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirgan edi.
Shundan so‘ng futbol tashkilotining o‘sha paytdagi birinchi rahbari (hozir vitse-prezident) Umid Ahmadjonov murabbiyning hujjatlari va materiallarini prokuraturaga topshirgani hamda Babayan ishi bilan bundan buyog‘iga prokuratura xodimlari shug‘ullanishini ma’lum qilgan edi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay umrbod futboldan chetlatilgan mutaxassisning yana futbolda paydo bo‘lishi ko‘pchilikni ajablantirishi tabiiy. «Championat.asia» nashri ushbu masalada Latviya futbol federatsiyasiga murojaat qilgan. Ular O‘FA ijroqumi Babayandan 1 fevral kuni diskvalifikatsiyani olib tashlanganini bildirgan.
Ammo na O‘FA rasmiy sayti va na boshqa OAVlarda Babayandan diskvalifikatsiya olib tashlangani haqida e’lon qilinmagan. Futbol tashkiloti bu ishni «yeng ichida» bitirganmi yoki Latviya federatsiyasi yanglish ma’lumot berganmi, hozircha aniqlashning imkoni bo‘lmadi.
Tez orada bu haqda batafsil ma’lum qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi