Foto: olympic.uz
Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tgandik.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot va media departamenti mazkur jang oldidan hamyurtimizning fikrlari bilan qiziqdi.
“Jangga tayyorgarlik odatdagidek davom etmoqda. Men doimiy tartibga qat’iy rioya qilaman va tayyorgarlikni aslo bo‘shashtirmayman. Mashg‘ulotlar juda yaxshi davom etmoqda. Bir oy davomida O‘zbekistonda bo‘lib, turli tadbirlarda ishtirok etdim. Tabiiyki, bu vaqt ichida mashg‘ulotlarni ko‘ngildagidek olib bora olmadim. Ammo, barchasi yaxshi bo‘ladi. Umid qilamanki, chiroyli jang ko‘rsatib, bahsni o‘z foydamga hal qilaman”, – dedi Shahram G‘iyosov.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz o‘zining navbatdagi jangini 15 iyul kuni meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi