00:30 / 24.07.2018
4 815

Ravshan Ermatov o‘zini haqorat qilgan sharhlovchi Utkinga sovg‘a yubordi

Ravshan Ermatov o‘zini haqorat qilgan sharhlovchi Utkinga sovg‘a yubordi
Rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov bilan sodir bo‘lgan voqea haqida to‘xtalib, undan sovg‘a olgani haqida gapirib berdi.

“O‘sha haqorat qilingan tvit yozilganda Rossiyadagi restoranlardan birida o‘yinni ko‘rayotgandik. Men shunchaki emotsional holatda bo‘lganda bu gaplarni yozganman.

Keyinchalik uzr so‘radim. Aytgancha, o‘tgan haftada hamkasbim Denis Kazanskiy bilan ko‘rishdim. U O‘zbekistonda yarim final va final o‘yinlarini sharhlab borgandi. U Ravshan menga sovg‘a yuborganini aytdi”, deya gapirib o‘tgan Utkin Rossiya matbuotiga bergan intervyusida.

Sovg‘aning nima ekaniga oydinlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov o‘zini haqorat qilgan sharhlovchi Utkinga sovg‘a yubordi