06:00 / 09.09.2018
3 695

Sherzod Nasrullayev: “Bu nafaqat bizning, balki oʻzbek futbolining gʻalabasi hamdir”

Шерзод Насруллаев: "Бу нафақат бизнинг, балки ўзбек футболининг ғалабаси ҳамдир"
Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etib musobaqa chempionligini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston U-21 terma jamoasi himoyachisi va “Eng chiroyli gol” sovrini egasi Sherzod Nasrullayev Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati bilan suhbatlashib, musobaqa haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

"Avvalambor musobaqa tashkilotchilari va bizni qoʻllab-quvvatlagan barcha futbol ishqibozlariga rahmat demoqchiman. Bu nafaqat bizning balki oʻzbek futbolining gʻalabasi hamdir. Oʻyinlar juda ham yaxshi saviyada oʻtdi. Barcha raqiblar bizga kuchli qarshilik koʻrsatganlariga qaramasdan biz gʻolib boʻlishga erishdik. Bu terma jamoamizning yurtimizga bayram tuhfasi boʻlgan boʻlsa ajab emas.

Himoyachi boʻlishimga qaramasdan men kiritgan toʻp musobaqaning “Eng chiroyli gol” nominatsiyasida gʻolib chiqdi. Bundan juda ham xursand boʻldim va keyingi oʻyinlarda ham toʻp kiritish ishtiyoqi kuchaydi. Soʻzim oxirida, bizga ishonch bildirib shu musobaqaga yuborgani uchun xalqimizga, futbol ixlosmandlariga hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga yana bir bor minnatdorchilik izhor etaman", - dedi Nasrullayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sherzod Nasrullayev: “Bu nafaqat bizning, balki oʻzbek futbolining gʻalabasi hamdir”