UFC yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov aytishicha, Konor Makgregor bilan yana bir jang o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda «Izvestiya»ga tayanib Kun.uz nashri xabar tarqatdi.
Uning ta’kidlashicha, bu jang boks qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazilsa, qiziqish uyg‘otishi mumkin.
«Konorga qarshi boks qoidalari bo‘yicha jangga keladigan bo‘lsak, unda bunday bahs bizga qiziq ekanini bildirmoqchiman. Habib aralash yakka kurashlardagi eng yaxshi zarba beruvchilarni taslim etishga qodirligini ko‘rsatmoqchi. U ilgari ham bu haqida gapirgan, ammo ko‘pchilik unga ishonmagan. Biroq, Maykl Jonson, Edson Barboza va Konor ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, ishonishni boshlashdi. Nurmagomedov boks ringida ham buni qila oladi.
Habibda boks qoidalariga ko‘ra g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyat bor. Chaqqonligi uning asosiy ko‘nikmalardan biridir», - deya ma’lum qildi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi